Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari!
2026/2027-o‘quv yili uchun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyiga o‘quvchilar qabuli boshlandi.
Akademik litseyda tahsil olish orqali siz chuqurlashtirilgan ta’lim, malakali ustozlar va oliy ta’lim muassasalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📆 Hujjatlar qabuli: 2026-yil 10-iyundan 10-iyulgacha davom etadi.
Kelajagingiz sari muhim qadamni bugundan boshlang! Sizni akademik litseyimiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.
✅ Qabul jarayoni davom etmoqda!