Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida joriy yilning 22–23-may kunlari soat 13:00 da akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
✅ 1-bosqich — test sinovi;
✅ 2-bosqich — og‘zaki savol-javob.
Mazkur tanlov yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.
G‘olib o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
“Kitob — eng yaxshi do‘st, kitob — eng sabrli ustoz.”