Assalomu alaykum,!
🌿 26-mart kuni akademik litseyimizda Navro‘z saylining davomi sifatida bayram sayli bo‘lib o‘tadi.
✨ “Navro‘z – yangilanish, mehr va birlik ayyomi!”
🕚 Soat 11:00 da barcha guruhlar o‘zlariga biriktirilgan stollarni milliy taomlar bilan bezatadilar.
🍽 Eng chiroyli va did bilan bezatilgan stol uchun
🏆 “Eng yaxshi bezatilgan stol” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi va g‘oliblar shu kunning o‘zida taqdirlanadi.
🕛 Soat 12:20 da esa akademik litsey o‘qituvchi va xodimlari uchun bayram sayli tashkil etiladi.
👘 Bayram sayliga barcha o‘quvchilar hamda o‘qituvchi va ishchi xodimlar milliy kiyimlarda kelishlari so‘raladi.
🎉 “Birlikda – baraka, hamjihatlikda – kuch!”
👥 Barchangizni ushbu bayram saylida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🌺 Keling, Navro‘zni ko‘tarinki kayfiyat, milliy an’analar va samimiylik bilan birgalikda nishonlaylik!