SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
Yangilik

Farzandlarimiz e’tiborda!

1 may 2026 16:04 189 marta o'qildi
Farzandlarimiz e’tiborda!

Qo'shimcha rasmlar

3 ta rasm

Akademik litsey o‘quvchilar turar joyida yashovchi o‘g‘il bolalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi. Unda litsey direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A. Pardayev hamda viloyat IIBning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi, katta leytenant D. Axrorov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq va erkin suhbat olib bordilar.
Suhbat davomida odob-axloq, intizom, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish masalalari muhokama qilindi.
Hurmatli ota-onalar, keling, farzandlarimiz tarbiyasida hamkorlikni yanada mustahkamlab, ularni birgalikda nazorat qilib boraylik.

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

Yopish uchun ESC tugmasini bosing