2026-yil 22-aprel kuni SamDU akademik litseyida “Tabiiy fanlar oyligi” doirasida aniq fanlar yo‘nalishi bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun kasb tanlash mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sh. Rashidov nomidagi SamDU Muhandislik fizikasi instituti dotsenti N.Hamrayev, PhD Y. Jo‘rayev hamda tabiiy fanlar kafedrasi mudiri X.Quybakovlar ishtirok etib, zamonaviy kasblar va ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildilar.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Tadbir yoshlarning kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etdi.