SamDU akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat universiteti Akademik litseyi
Yangilik

“Ayol — mehr, sadoqat va go‘zallik timsoli!”

17 may 2026 07:03 269 marta o'qildi
“Ayol — mehr, sadoqat va go‘zallik timsoli!”

Qo'shimcha rasmlar

3 ta rasm

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Bayram tadbirida Samarqand viloyati “Kelajak” markazi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom, onalarimiz hamda opa-singillarimizning jamiyatimiz va hayotimizdagi beqiyos o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.
✨ Shu munosabat bilan barcha muhtarama ustoz ayollarimizni, onaxonlarimizni va opa-singillarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Teglar:
Ulashish:

Shuningdek o'qing

Yopish uchun ESC tugmasini bosing